WikiMarafon Hamkorlari Uchun Platforma
Bizning asosiy maqsadimiz — O‘zbekcha Vikipediyani rivojlantirish, sifatli maqolalar yaratish va bilimni keng jamoatchilikka yetkazishdir.
Hamkorlik dasturi orqali tashkilotlar, universitetlar va jamoalar Vikipediya loyihasiga hissa qo‘shishlari, shuningdek, o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini namoyon etishlari mumkin.
2004-yildan buyon O'zbekcha Vikipediya rivojlanib kelmoqda. WikiMarafon hamkorlik dasturi orqali minglab maqolalar yaratildi, yuzlab faol ishtirokchilar bilim ulashishga qo'shildi va O'zbekcha kontentning sifati sezilarli darajada oshdi.